Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat ijtivoiy himoyaga muhtoj oilalarni o'rgandi
янв.21
Deputat uyma-uy yurish asosida saylovchilarning murojaatlarini o'rgandi
янв.21
Saylovchilar mupolaati o‘rganildi
янв.21
Депутат камбағал оилалар ресстрида турувчи сайловчилар турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
INSON QADRI — AMALDA
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat targ'ibot ishlari olib bordi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Deputat saylovchilar mupojaatini o‘rgandi
янв.21
Deputat aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj fuqarolarga xizmat ko‘rsatish muassasi faoliyatini o‘rgandi
Aholi bilan ochiq muloqot: korrupsiyaga qarshi muhim qadam

Korrupsiya har qanday davlat va jamiyat rivojiga jiddiy to‘siq bo‘ladigan salbiy illatdir. U adolat tamoyillarini buzadi, insonlarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini susaytiradi hamda iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois korrupsiyaga qarshi kurashish bugungi kunda eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

Karmana tumanidagi 27-umumta’lim maktabida Sardoba mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi bilan ochiq muloqot tarzida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A. Aminova, xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi deputati Q. G‘aniyev, tuman Kengashi deputati F.Bo'tayevalar ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mamlakatimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar, aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda qonunchilikdagi yangiliklar haqida atroflicha so‘z yuritdilar.

Qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tgan ochiq muloqot davomida ishtirokchilar tomonidan taklif va mulohazalar bildirilib, qonunchilikka oid takliflar berildi. 

Slide 1 of 4