Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi qo'shma yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Депутат ногиронлиги бўлган сайловчиларнинг турмуш шароитларини ўрганди ва уларни муаммоларини тинглади.
янв.21
Deputat ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni o'rgandi
янв.21
Deputat uyma-uy yurish asosida saylovchilarning murojaatlarini o'rgandi
янв.21
Saylovchilar murojaati o‘rganildi
янв.21
Депутат камбағал оилалар ресстрида турувчи сайловчилар турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
INSON QADRI — AMALDA
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat targ'ibot ishlari olib bordi
📣📌 SAYYOR QABUL — FUQAROLAR MANFAATI YO‘LIDA AMALIY QADAM

📣📌 SAYYOR QABUL — FUQAROLAR MANFAATI YO‘LIDA AMALIY QADAM

🏘 Quyi Xo‘ja Saxat mahallasida aholi bilan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Mazkur uchrashuv Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati B.Ergashev ishtirokida o‘tkazilib, unda mahalla aholisi bilan ochiq va samimiy muloqot olib borildi.

👥 Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, kommunal xizmatlar, bandlik, ijtimoiy himoya, ta’lim va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat alohida e’tibor bilan tinglanib, masalalarning yechimi bo‘yicha aniq tushuntirishlar berildi.

📝 Ko‘tarilgan muammolarni hal etish maqsadida murojaatlar tegishli tashkilot va idoralarga yo‘naltirildi, ayrim masalalar esa joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Bu esa sayyor qabullarning aholi muammolarini tezkor va samarali hal etishda muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.

🤝 Sayyor qabuldan asosiy maqsad — fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalarni joyiga chiqib o‘rganish, ularni hal etish mexanizmlarini belgilash hamda davlat organlari va aholi o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlashdan iborat.

📈 Aholi murojaatlari bilan ishlash, ularning muammo va takliflarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ijobiy hal etish borasidagi ishlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.

🏛 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati B.Ergashev