Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ижтимоий ҳимояга муҳтож оилаларни ўрганди.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi qo'shma yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Депутат ногиронлиги бўлган сайловчиларнинг турмуш шароитларини ўрганди ва уларни муаммоларини тинглади.
янв.21
Deputat ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni o'rgandi
янв.21
Deputat uyma-uy yurish asosida saylovchilarning murojaatlarini o'rgandi
янв.21
Saylovchilar murojaati o‘rganildi
янв.21
Депутат камбағал оилалар ресстрида турувчи сайловчилар турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
INSON QADRI — AMALDA
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Miryunusov Alisher Xabibullayevich 2025-yilning to‘rtinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2026-yil 26-yanvardagi tegishli qaroriga muvofiq, 2-Chilonzor saylov okrugidan saylangan deputat Alisher Miyunusov tomonidan 2025-yilning to‘rtinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berildi.

️Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda fuqarolar ishtirok etdi.

️Axborot davomida deputat hisobot davrida Chilonzor tumani Kengashining sessiyalari va doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, tumanda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish, mahallalar muammolarini tizimli hal etish masalalari muhokamasida qatnashganini ta’kidladi. Qabul qilingan qarorlar ijrosini joylarda ta’minlash va deputatlik nazoratini kuchaytirish ustuvor vazifa ekani qayd etildi.

Shuningdek, to‘rtinchi chorak davomida saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilgani, fuqarolar qabullari tashkil etilgani, ommaviy axborot vositalari orqali deputatlik faoliyati yuzasidan chiqishlar amalga oshirilgani, ta’lim muassasalarida va jamoatchilik tadbirlarida ishtirok etilgani haqida ma’lumot berildi. Deputat tomonidan Prezidentimiz murojaatnomalarida belgilangan vazifalar mazmun-mohiyati aholi o‘rtasida tushuntirilgani alohida qayd etildi.