Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashi va “Madad” NNT o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
янв.21
Deputat mahallada ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi ishlarni o‘rgandi.
янв.21
Депутат ижтимоий ҳимояга муҳтож оилаларни ўрганди.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi qo'shma yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Депутат ногиронлиги бўлган сайловчиларнинг турмуш шароитларини ўрганди ва уларни муаммоларини тинглади.
янв.21
Deputat ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni o'rgandi
янв.21
Deputat uyma-uy yurish asosida saylovchilarning murojaatlarini o'rgandi
янв.21
Saylovchilar murojaati o‘rganildi
янв.21
Депутат камбағал оилалар ресстрида турувчи сайловчилар турмуш шароитларини ўрганди.
Saylovchilar bilan uchrashuv

XALQ DEPUTATLARI BANDIXON TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlarining 2026-yilning I yarmi uchun saylovchilar bilan uchrashuvlar jadvaliga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Ishpo'latov Olimjon Allayorovich “Obod turmush” mahalla fuqarolar yig'inida o'z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda mahalla yettiligi vakillari, ma’sul tashkilot xodimlari va fuqarolar ishtirok etdi. 

 Uchrashuvda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar, jumladan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining yangi tahriri ustida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi hamda jamoatchilik fikrining muhimligi alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida Strategiyaning davlat boshqaruvi tizimida erishish ko‘zda tutilgan vazifalar muhokama qilindi. Deputat tomonidan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirishga, davlat boshqaruvi tizimini rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan saylovchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi borasida qilinayotgan ishlar xususida tushuntirish ishlarini olib borilib, o‘tgan davr mobaynida saylovchilar murojaati asosida joylardagi mavjud kamchilik va muammolar atroflicha o‘rganib chiqildi.

Uchrashuv so‘nggida hududda mavjud muammolar, fuqarolar tomonidan berilgan takliflar yechimi yuzasidan rejalar tuzilib, fuqarolar murojaatlari tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 7