Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Guliston tumanidagi 13‑sonli umumta’lim maktab sport zali deputat tomonidan o‘rganildi.
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Депутат дорихоналар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат мактаблардаги "Тарбия соати"да қатнашди.
янв.21
Депутат сайловчиларнинг маҳалладаги ички кўчаларни асфалтлаш тўғрисидаги мурожаатларини ўрганди.
янв.21
Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashi va “Madad” NNT o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
янв.21
Deputat mahallada ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi ishlarni o‘rgandi.
янв.21
Депутат ижтимоий ҳимояга муҳтож оилаларни ўрганди.
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi qo'shma yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Deputat nazorati
Murojaat va taklif deputat nazoratida

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Y. Usmonova Bahor mahallasida fuqarolar murojaatlarini tinglab, mahalla yettiligi bilan muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida bir qator muhim masalalar ko‘tarildi. Jumladan: Bahor mahallasida uylarning raqamlashtirilmagani va ko‘chalarga nomlar berilmagani sababli tez tibbiy yordam hamda boshqa soha vakillari uchun noqulayliklar yuzaga kelayotgani ta’kidlandi. Ibratli mahallasi xotin-qizlar faoli zimmasiga Bahor va Yuksalish mahallalari birgalikda yuklatilgani, bu esa murojaatlar keskin ko‘payishiga olib kelayotgani aniqlandi. Fuqarolar tomonidan Malaka oshirish pedagogik mahorat markazining eski yotoqxona binosini davlat bog‘chasiga aylantirish bo‘yicha taklif bildirilib, hududda davlat bog‘chasiga ehtiyoj yuqoriligi qayd etildi.

Bildirilgan murojaat va takliflar deputat tomonidan nazoratga olinib, tegishli tashkilotlar bilan birgalikda o‘rganilishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 1