Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi nazoratda”
янв.21
Депутат ўқувчилар давомади билан шуғулланди.
янв.21
Депутат иссиқхоналар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат дўконлардаги нарх-наво бўйича ўрганиш олиб борди.
янв.21
“Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi”
янв.21
“Sport maktabi o‘rganildi”
янв.21
Депутат ижтимоий ҳимояга мухтож оиланинг таъмирталаб, эски уйини таъмирлаш ишларига бош бўлди.
янв.21
Депутат туман марказида ташкил этилган корхона фаолиятини бориб ўрганди.
янв.21
Депутат ташаббуси билан кўчма кутубхона ташкил этилди.
янв.21
"Tumanda yangi parrandachilik investisiya loyihasi amalga oshirilmoqda"
Aholini ro‘yxatga olish jarayonida mahalla yettiligi va deputatlar hamkorligi

Aholini ro‘yxatga olish jarayonida mahalla yettiligi va deputatlar hamkorligi

Hozirgi kunda respublika hududlarida aholini ro‘yxatga olish jarayonlari izchil va jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Mazkur muhim davlat tadbirini sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida joylarda kompleks chora-tadbirlar tashkil etilgan. Jumladan, fuqarolarga aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati hamda tartib-taomillari yuzasidan keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Aholini ro‘yxatga olish jarayonida fuqarolarga qulaylik yaratish, yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor bartaraf etish maqsadida mahalla yettiligi tomonidan amaliy yordamlar ko‘rsatib kelinmoqda. Xususan, ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘mak berilmoqda, yoshi ulug‘, nogironligi bo‘lgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu bilan birga, hududdan saylangan deputatlar ham mazkur jarayonda faol ishtirok etib, mahalla yettiligi bilan uzviy hamkorlikda ish olib bormoqda. Deputatlar joylarda aholi bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkazib, ularning murojaat va takliflarini o‘rganmoqda, ro‘yxatga olish jarayonida aniqlanayotgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul idoralarga tegishli taklif va tavsiyalar kiritmoqda. Bu esa aholini ro‘yxatga olish tadbirlarining shaffof, tizimli va samarali tashkil etilishiga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 6