Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ногиронлиги бўлган сайловчиларнинг турмуш шароитларини ўрганди ва уларни муаммоларини тинглади.
янв.21
Deputat ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni o'rgandi
янв.21
Deputat uyma-uy yurish asosida saylovchilarning murojaatlarini o'rgandi
янв.21
Saylovchilar murojaati o‘rganildi
янв.21
Депутат камбағал оилалар ресстрида турувчи сайловчилар турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
INSON QADRI — AMALDA
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat targ'ibot ishlari olib bordi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Deputat saylovchilar mupojaatini o‘rgandi
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Xidiyatulina Rima Rashitovna Lutfiy MFY mahalla yettiligi faoloyatini o‘rgandi

 Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Xidiyatulina Rima Rashitovna Lutfiy mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)da mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida deputat mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, jamoatchilik faolligi, fuqarolarning ijtimoiy muammolarini hal etish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarni o‘rgandi.

 Uchrashuv davomida mahalla yettiligi a’zolari hududdagi dolzarb masalalar — ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar holati, yoshlar bandligi, mahalla infratuzilmasi, obodonlashtirish ishlari hamda profilaktik tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar va takliflar atroflicha muhokama qilindi.

 Deputat Xidiyatulina Rima Rashitovna ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilishini, aholi farovonligini oshirish yo‘lida mahalla yettiligi bilan doimiy muloqot va hamkorlik davom ettirilishini ta’kidladi.

 Tashrif ochiq va samarali muloqot ruhida o‘tdi hamda mahalla hayotini yaxshilashga qaratilgan muhim tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.