Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat ijtivoiy himoyaga muhtoj oilalarni o'rgandi
янв.21
Deputat uyma-uy yurish asosida saylovchilarning murojaatlarini o'rgandi
янв.21
Saylovchilar mupolaati o‘rganildi
янв.21
Депутат камбағал оилалар ресстрида турувчи сайловчилар турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
INSON QADRI — AMALDA
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat targ'ibot ishlari olib bordi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Deputat saylovchilar mupojaatini o‘rgandi
янв.21
Deputat aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj fuqarolarga xizmat ko‘rsatish muassasi faoliyatini o‘rgandi
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Mamatqulov Ilhom Abdurashidovichning 2025-yilning uchinchi choragidagi faoliyati yuzasidan saylovchilarga axboroti

 Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Kengashiga 7-Oqtepa saylov okrugidan saylangan deputat Mamatqulov Ilhom Abdurashidovich 2025-yilning uchinchi choragida o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi. 

 Deputat uchinchi chorak davomida okrug bo‘ylab jami fuqarolar tomonidan kelib tushgan 8 ta murojaatdan 5tasi ijobiy hal etilganini, qolganlari esa tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilganini ta’kidladi. Fuqarolarning eng ko‘p uchraydigan muammolari qish mavsumi tayyorgarligi, yo‘llar va ichki ko‘chalar holati, kommunal xizmatlar sifati hamda mahalla hududlaridagi ijtimoiy infratuzilma bilan bog‘liq edi.

 Deputat xalq deputatlari Chilonzor tuman hokimligiga aholidan kelib tushgan muammolar yuzasida "Deputat so'rovi' yuborgani va so'rov natijasida "Oqtepa" mahallasida joylashgan 2a va 8a -uylar oldi va orqa qismini asfaltlash uchun Kengash qarori chiqqanini hamda bu ishlar tez kunda boshlanishini ma'lum qildi. 

 Uchrashuv va joylarga chiqib o‘rganish davomida deputat mahalla raisi bilan birgalikda hududdagi qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini tekshirdi. Aniqlangan kamchilik va muammolar bo‘yicha mas’ullar bilan tezkor bog‘lanish, ularni hal etish choralarini ko‘rish va natijalarini shaxsan deputat nazorati ostida bajarish belgilandi.