Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat ijtivoiy himoyaga muhtoj oilalarni o'rgandi
янв.21
Deputat uyma-uy yurish asosida saylovchilarning murojaatlarini o'rgandi
янв.21
Saylovchilar mupolaati o‘rganildi
янв.21
Депутат камбағал оилалар ресстрида турувчи сайловчилар турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
INSON QADRI — AMALDA
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat targ'ibot ishlari olib bordi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Deputat saylovchilar mupojaatini o‘rgandi
янв.21
Deputat aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj fuqarolarga xizmat ko‘rsatish muassasi faoliyatini o‘rgandi
Dehqonobod tumanida maromiylik bo‘yicha muntazam tushuntirish ishlari olib borilmoqda

 Dehqonobod tumanida to‘y-marakalarni ixcham va tartibli o‘tkazish, ortiqcha isrofgarchiliklarning oldini olish hamda aholining ijtimoiy mas’uliyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari muntazam davom ettirilmoqda.

Mazkur tushuntirishlar jarayonida fuqarolarga maromiylik talablarining mazmun-mohiyati, ularning jamiyat barqarorligiga ta’siri keng yoritilmoqda.
Xususan, to‘y va maraka tadbirlarini haddan tashqari dabdaba bilan o‘tkazishning iqtisodiy va ma’naviy zararlarini tushuntirish, odob-axloq va milliy qadriyatlarga mos ravishda ixcham, tartibli tadbirlar tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilmoqda.


Shuningdek, targ‘ibot ishlari doirasida ajrimlarning oldini olish, erta nikoh va erta tug‘ruqning salbiy oqibatlari haqida yoshlar, ota-onalar va keng jamoatchilik bilan suhbatlar o‘tkazilmoqda. Mutasaddilar oilaviy hayotga mas’uliyat bilan yondashish, farzandlar tarbiyasida ogohlik va o‘zaro hurmatning ahamiyatini alohida ta’kidlamoqda. 

Slide 1 of 4