Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat ijtivoiy himoyaga muhtoj oilalarni o'rgandi
янв.21
Deputat uyma-uy yurish asosida saylovchilarning murojaatlarini o'rgandi
янв.21
Saylovchilar mupolaati o‘rganildi
янв.21
Депутат камбағал оилалар ресстрида турувчи сайловчилар турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
INSON QADRI — AMALDA
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat targ'ibot ishlari olib bordi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Deputat saylovchilar mupojaatini o‘rgandi
янв.21
Deputat aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj fuqarolarga xizmat ko‘rsatish muassasi faoliyatini o‘rgandi
Deputat o'z saylovchilari oldida axborot berdi

Deputat o'z saylovchilari oldida axborot berdi

️Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati A.A. Xusainovning 3-chorakdagi faoliyati yuzasidan axboroti bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig’ilish davomida mahallada obodonlashtirish va sanitariya sohasida bajarilgan amaliy ishlar, yo‘llar va piyodalar yo‘laklari ta’mirlanganligi, yashil hududlar kengaytirilib, manzarali daraxtlar butalganligi va oqlanganligi haqida ma’lumot berildi.

Obodonlashtirish ishlari doirasida “Bek To‘pi” va “Al-Xorazmiy” mahallalari hududida jami 21 400 m² yer maydoni yovvoyi o‘t va xazon-qog‘ozlardan tozalandi. 8500 metr uzunlikdagi ariq va latoklar chiqindilardan tozalanib, suv o‘tkazish qobiliyati tiklandi. Shu bilan birga, 3400 dan ortiq daraxtlar butaldi, oqlandi va agrotexnik parvarishdan o‘tkazildi.

Qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi muhokama qilindi. Mahalladagi mavjud muammolar- issiqlik tizimlaridagi nosozliklar, liftlarning ishlamasligi, chiqindilarni to‘g‘ri tashlash madaniyati va xazon yig‘ish tizimining yo‘qligi kabi masalalar ko‘tarildi. Mazkur masalalarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.