Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фуқароларнинг муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутатлар "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида кўчат экиш ишлари билан шуғулланди.
янв.21
Депутат фуқаролар муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат фуқароларга маънавият улашмоқда.
янв.21
Депутат ижтимоий соҳа объектларидаги қурилиш ишларини ўз назоратига олди.
янв.21
Депутат "маҳалла еттилиги" билан аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат бошчилигида кўчалар шағаллаштирилмоқда.
янв.21
Депутат ташаббуси билан уяли алоқа сифати яхшиланди.
янв.21
Депутат оилавий врачлик пунктидаги қурилиш ишларини ўрганди.
Xotin-qizlarning huquqlari — qonun himoyasida:

Xotin-qizlarning huquqlari — qonun himoyasida:

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati A. Abdullayev tashabbusi bilan tumandagi “Afg‘on fuqarolarini o‘qitish” markazida “Xotin-qizlar huquqlari qonun himoyasida” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda markaz o‘qituvchilari, tinglovchilar, jamoatchilik vakillari hamda huquqiy soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida deputat A. Abdullayev mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini ta’minlash masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani, ayniqsa, ularni tazyiq, kamsitish va zo‘ravonlik holatlaridan himoya qilish bo‘yicha izchil islohotlar olib borilayotganini ta’kidladi. U, xususan:

xotin-qizlarni himoya qilishga doir yangi huquqiy mexanizmlarning joriy etilgani,

profilaktika buyruqlari, himoya orderlari,

psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimining takomillashtirilgani,

ularning o‘qishi, ishlashi va ijtimoiy hayotda faol bo‘lishi uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar

haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, davra suhbatida xotin-qizlarning huquqiy va siyosiy savodxonligini oshirish, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, oilaviy totuvlikni mustahkamlash hamda gender tenglikni ta’minlash masalalari yuzasidan fikr-mulohaza va takliflar bildirildi.

Ishtirokchilar tomonidan amaldagi qonunchilikda xotin-qizlarga berilgan huquq va imtiyozlar, mavjud himoya choralari, shuningdek, kamsitish yoki zo‘ravonlik holatlari yuzaga kelganida murojaat etish mumkin bo‘lgan tashkilotlar faoliyati bo‘yicha savollarga atroflicha javoblar berildi.

Tadbir yakunida xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash va jamiyatda faolligini oshirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3