Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фуқароларнинг муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутатлар "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида кўчат экиш ишлари билан шуғулланди.
янв.21
Депутат фуқаролар муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат фуқароларга маънавият улашмоқда.
янв.21
Депутат ижтимоий соҳа объектларидаги қурилиш ишларини ўз назоратига олди.
янв.21
Депутат "маҳалла еттилиги" билан аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат бошчилигида кўчалар шағаллаштирилмоқда.
янв.21
Депутат ташаббуси билан уяли алоқа сифати яхшиланди.
янв.21
Депутат оилавий врачлик пунктидаги қурилиш ишларини ўрганди.
Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi bilan uchrashuvi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Zebixon G‘ofurova Istiqlol MFYda bo‘ldi

Bugun deputat Zebixon G‘ofurova Istiqlol mahallasida bo‘lib, hududdagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy tashrif o‘tkazdi.

Tashrif doirasida deputat avvalo 25-umumta’lim maktabida bo‘lib, kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari, sinfxonalarning holati hamda o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Shundan so‘ng O‘zLiDeP Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Z.G‘ofurova Istiqlol MFYda mahalliy Kengash deputatlari va “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashdi. Uchrashuvda:

8 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish,

“Mahalla yettiligi”ning kollegial qarorlari asosida aholiga ko‘rsatiladigan 64 turdagi ijtimoiy yordam va subsidiyalar manzilliligi,

Mahalla tomonidan aniqlangan muammolarni shahar darajasida hal etish bo‘yicha takliflar tayyorlash kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida aholiga xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish, murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli hal etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Istiqlol mahallasida amalga oshirilayotgan bunday ochiq muloqotlar hududdagi hayot sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 7