Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фуқароларнинг муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутатлар "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида кўчат экиш ишлари билан шуғулланди.
янв.21
Депутат фуқаролар муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат фуқароларга маънавият улашмоқда.
янв.21
Депутат ижтимоий соҳа объектларидаги қурилиш ишларини ўз назоратига олди.
янв.21
Депутат "маҳалла еттилиги" билан аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат бошчилигида кўчалар шағаллаштирилмоқда.
янв.21
Депутат ташаббуси билан уяли алоқа сифати яхшиланди.
янв.21
Депутат оилавий врачлик пунктидаги қурилиш ишларини ўрганди.
Deputat saylov okrugida oʻrganish olib bordi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 13-"Ozodlik" saylov okrugi deputati Shayimova Xalnisa Yakubovna hududdagi 9-sonli oilaviy shifokor punkti hamda 16-maktab rahbariyati bilan uchrashib, mavjud muammolar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish jarayonida 9-OSHP binosi qurilishi yakunlangan bo‘lsa-da, obyektning rasmiy qabul qilinish muddati hanuz mavhumligicha qolayotgani ta’kidlandi. Sababi, qurilish jarayoni amaldagi loyiha hujjatlariga to‘liq mos kelmagan. Bino zamonaviy va chiroyli tarzda barpo etilgan bo‘lishiga qaramay, bir qator kamchiliklar mavjudligi aniqlandi.

Xususan:

— 5 ta xonaga qo‘l yuvish moslamalari o‘rnatilmagan;

— emlash xonasi eshigi yopib tashlangan, holbuki, tibbiy talabga ko‘ra emlanganlar alohida eshikdan chiqishi shart.

Deputat ushbu masalalarni mutasaddilarga yetkazib, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishni bildirdi.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 4