Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фуқароларнинг муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутатлар "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида кўчат экиш ишлари билан шуғулланди.
янв.21
Депутат фуқаролар муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат фуқароларга маънавият улашмоқда.
янв.21
Депутат ижтимоий соҳа объектларидаги қурилиш ишларини ўз назоратига олди.
янв.21
Депутат "маҳалла еттилиги" билан аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат бошчилигида кўчалар шағаллаштирилмоқда.
янв.21
Депутат ташаббуси билан уяли алоқа сифати яхшиланди.
янв.21
Депутат оилавий врачлик пунктидаги қурилиш ишларини ўрганди.
Deputat mahallada

 Guliston MFYda xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi 

Guliston mahalla fuqarolar yig‘inida okrug deputati R.Muxtorova tomonidan mahalla
xotin-qizlar faoli X.Ermatovaning faoliyati o‘rganildi. Tadbir O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmonida belgilab
berilgan vazifalar ijrosini amalda qanday ta’minlanayotganini tahlil qilish
maqsadida tashkil etildi.
 

O‘rganish jarayonida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini
ta’minlash, ijtimoiy muammolarini bartaraf etish hamda murojaatlar bilan
ishlashda amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mahalladagi
ijtimoiy muhit, ayniqsa, xotin-qizlar o‘rtasidagi muammolarni erta aniqlash va
ularga manzilli yordam ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat samaradorligi baholandi.
 

Deputat R. Muxtorova farmon ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori
baholab, xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan
qator tavsiyalar berdi.
  

Slide 1 of 2