Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фуқароларнинг муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутатлар "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида кўчат экиш ишлари билан шуғулланди.
янв.21
Депутат фуқаролар муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат фуқароларга маънавият улашмоқда.
янв.21
Депутат ижтимоий соҳа объектларидаги қурилиш ишларини ўз назоратига олди.
янв.21
Депутат "маҳалла еттилиги" билан аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат бошчилигида кўчалар шағаллаштирилмоқда.
янв.21
Депутат ташаббуси билан уяли алоқа сифати яхшиланди.
янв.21
Депутат оилавий врачлик пунктидаги қурилиш ишларини ўрганди.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi va Olmazor tumani Kengashi deputatlari Frangiza Akramova hamda Shaxnoza Umarxodjayeva bilan birgalikda Olmazor tumani 11-"Moyqo'rg'on" saylov okrugi hududidagi “G‘alaba” mahallasida kuz-qish mavsumiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ayrim ko‘chalardagi yoritish chiroqlari va elektr tarmoqlarida ta’mirlash zarurligi, shuningdek, qish mavsumida aholiga issiqlik yetkazib beruvchi qozonxonaning texnik tayyorligini yaxshilash zarurligi qayd etildi. Mazkur masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi kiritildi.

Fuqarolar bilan muloqot chog‘ida mahalla ahlining obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etayotgani e’tirof etildi. Shuningdek, deputatlar tashabbusi bilan hashar tashkil etilib, hududdagi ko‘p yillik daraxtlar osti tozalandi, ariq-zovurlar qazilib, chiqindilar chiqarib tashlandi.

Deputatlar ta’kidlashicha, bu kabi amaliy tadbirlar aholining birligi va hamjihatligini mustahkamlash, shuningdek, har bir mahalla qish mavsumini bemalol o‘tkazishiga zamin yaratadi.

Slide 1 of 3