Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фуқароларнинг муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутатлар "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида кўчат экиш ишлари билан шуғулланди.
янв.21
Депутат фуқаролар муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат фуқароларга маънавият улашмоқда.
янв.21
Депутат ижтимоий соҳа объектларидаги қурилиш ишларини ўз назоратига олди.
янв.21
Депутат "маҳалла еттилиги" билан аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат бошчилигида кўчалар шағаллаштирилмоқда.
янв.21
Депутат ташаббуси билан уяли алоқа сифати яхшиланди.
янв.21
Депутат оилавий врачлик пунктидаги қурилиш ишларини ўрганди.
O‘zbekiston davlat bayrog‘i: Milliy o‘ziga xoslik, taraqqiyot ramzi va Yangi O‘zbekiston davrining uyg‘onish manzaralari

18-noyabr O‘zbekiston tarixida nafaqat ramziy sanalardan biri, balki milliy o‘zlikning tiklanishi va davlat suverenitetining mustahkamlanishini ifodalovchi muhim kun sifatida yodga olinadi. 1991-yil 18-noyabr kuni qabul qilingan Davlat bayrog‘i mustaqillik g‘oyalarining yorqin timsoli bo‘lib, mamlakatning o‘z yo‘li, o‘z taraqqiyot modeli, o‘z siyosiy qarashlari va dunyo hamjamiyatidagi munosib o‘rnini anglatadi. 

18-noyabr O‘zbekiston tarixida nafaqat ramziy sanalardan biri, balki milliy o‘zlikning tiklanishi va davlat suverenitetining mustahkamlanishini ifodalovchi muhim kun sifatida yodga olinadi. 1991-yil 18-noyabr kuni qabul qilingan Davlat bayrog‘ mustaqillik g‘oyalarining yorqin timsoli bo‘lib, mamlakatning o‘z yo‘li, o‘z taraqqiyot modeli, o‘z siyosiy qarashlari va dunyo hamjamiyatidagi munosib o‘rnini anglatadi. 

2016-yildan boshlab mamlakatda boshlangan keng ko‘lamli islohotlar natijasida Davlat bayrog‘i nafaqat rasmiy timsol, balki milliy birlashuv, ma’rifat, ishtirokchilik, ochiqlik, va taraqqiyotga yo‘naltirilgan siyosiy strategiyaning ma’nodosh ramziga aylandi. 

18-noyabr — Davlat bayrog‘i kuni — O‘zbekistonning mustaqillik poydevori, milliy o‘zligini yuksaltirish jarayoni va zamonaviy davlatlilikning yangi bosqichi sifatida yodda qoladigan tarixiy sanadir. 2016–2025 yillar davomida amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar natijasida bayroqning ma’nosi yanada teranlashdi: u bugun yangilanish, taraqqiyot, ochiqlik va dunyoga yuz tutgan O‘zbekistonning timsoliga aylandi.

Aynan shu sababli Davlat bayrog‘i Yangi O‘zbekistonning milliy birligi va barqaror kelajagini ifodalovchi eng ulug‘ ramzlardan biri bo‘lib qolaveradi. 

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati Sh.Xalimov