Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фуқароларнинг муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутатлар "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида кўчат экиш ишлари билан шуғулланди.
янв.21
Депутат фуқаролар муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат фуқароларга маънавият улашмоқда.
янв.21
Депутат ижтимоий соҳа объектларидаги қурилиш ишларини ўз назоратига олди.
янв.21
Депутат "маҳалла еттилиги" билан аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат бошчилигида кўчалар шағаллаштирилмоқда.
янв.21
Депутат ташаббуси билан уяли алоқа сифати яхшиланди.
янв.21
Депутат оилавий врачлик пунктидаги қурилиш ишларини ўрганди.
Mahalliy kengash deputati mahallada: ijtimoiy himoya tizimi o‘rganilmoqda

 🔹Hududlarda ijtimoiy himoya tizimi sifatini o‘rganishdan maqsad: oilalarning ijtimoiy muammolarini hal qilish, ularni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash
va bandligini ta’minlashga qaratilgan. Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashining 12-“Gul” saylov okrugi deputati Nasibaxon Imomaliyeva, Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati yordamchisi Feruzaxon Turg‘unova, O‘zLiDeP tuman Kengashi apparat rahbari Dilfuzaxon Nishonova “Mirzaxo‘ja” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Mahalla yettiligi” faoliyatini o‘rgandilar. 

🔹“Mahalla yettiligi” mutasaddi-xodimlari bevosita ishtirok etgan o‘rganishlar jarayonida fuqarolar bilan ham suhbatlar o‘tkazildi. Manzilli ro‘yxatlar shakllantirilgani, og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar hamda oilalarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi atroflicha muhokama qilindi. Aholiga ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar va yordamlardan mahallada yashayotgan fuqarolarning o‘z huquqlarini anglagan holda foydalanishi amalga oshirilgan ishlar misolida tahlil qilindi. Shuningdek deputat tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish, ya’ni mahallada ijtimoiy xizmatlar sohasini takomillashtirish yuzasidan
takliflar berildi. 

                                                                                                                                                      Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati  

Slide 1 of 1