Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фуқароларнинг муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутатлар "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида кўчат экиш ишлари билан шуғулланди.
янв.21
Депутат фуқаролар муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат фуқароларга маънавият улашмоқда.
янв.21
Депутат ижтимоий соҳа объектларидаги қурилиш ишларини ўз назоратига олди.
янв.21
Депутат "маҳалла еттилиги" билан аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат бошчилигида кўчалар шағаллаштирилмоқда.
янв.21
Депутат ташаббуси билан уяли алоқа сифати яхшиланди.
янв.21
Депутат оилавий врачлик пунктидаги қурилиш ишларини ўрганди.
Termiz tumanida Orol MFY yettiligi va 3-maktab faoliyati o‘rganildi:

Termiz tumanida Orol MFY yettiligi va 3-maktab faoliyati o‘rganildi:

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi ishchi guruhi tomonidan Termiz tumanida joylashgan Orol mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi faoliyati hamda 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati atroflicha o‘rganildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston XDPdan saylangan Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati G. Shafoatova ham faol ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida ishchi guruh va deputat G. Shafoatova mahalla yettiligi bilan uchrashib, hududda olib borilayotgan ishlar, aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, uy-joy va ichimlik suvi masalalari yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot oldilar.

Shuningdek, deputat G. Shafoatova aholining kundalik muammolarini joyida o‘rgandi, fuqarolar bilan muloqot qilib, ularning taklif va murojaatlarini yozib oldi. Bildirilgan muammolarni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar zimmasiga aniq topshiriqlar yuklatildi.

Ishchi guruh a’zolari va deputat G. Shafoatova 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyatini ham o‘rganib, o‘quvchilarning bilim sifati, sinf xonalari, sport zallari hamda ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Pedagog xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ta’lim sifatini oshirish va o‘qituvchilarning faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar bildirildi.

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi ishchi guruhi hamda deputat G. Shafoatova tomonidan amalga oshirilgan mazkur o‘rganishlar yakunida aniqlangan muammolar yuzasidan aniq tavsiyalar ishlab chiqildi va tegishli tashkilotlarga yetkazildi.

Slide 1 of 5