Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фуқароларнинг муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутатлар "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида кўчат экиш ишлари билан шуғулланди.
янв.21
Депутат фуқаролар муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат фуқароларга маънавият улашмоқда.
янв.21
Депутат ижтимоий соҳа объектларидаги қурилиш ишларини ўз назоратига олди.
янв.21
Депутат "маҳалла еттилиги" билан аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат бошчилигида кўчалар шағаллаштирилмоқда.
янв.21
Депутат ташаббуси билан уяли алоқа сифати яхшиланди.
янв.21
Депутат оилавий врачлик пунктидаги қурилиш ишларини ўрганди.
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

Deputat tomonidan fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi

 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 10-Chag‘atoy saylov okrugi deputati Raxamov Qulto‘ra Normurodovich “Majnuntol” mahallasida yashovchi fuqarolar bilan uchrashib,
ularning dolzarb masalalari va takliflarini o‘rgandi. 

Uchrashuv jarayonida deputat: 

️ mamlakat miqyosida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlarning mahalliy hududlar rivojiga keltirayotgan o‘zgarishlari, ayniqsa, infratuzilma va ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirishdagi ahamiyati haqida ma’lumot berdi;  

️ so‘nggi yillarda qabul qilingan Prezident qaror va farmonlarining Sherobod tumanida tatbiqi, ularning ijrosi ustidan parlament nazoratining olib borilishi yuzasidan batafsil tushuntirish berdi; 

️ bandlikni ta’minlash, aholining ijtimoiy himoyasi, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, shuningdek, mahalla hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar haqida ma’lumotlarni taqdim etdi. 

Shu bilan birga, fuqarolar tomonidan bildirilgan muammo va takliflar deputat tomonidan alohida qayd etildi va ularni hal qilish bo‘yicha tegishli davlat organlariga yo‘llanmalar berildi.
Murojaatlarning ijrosi deputat nazoratiga olinishi aytib o‘tildi.  

Slide 1 of 3