Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фуқароларнинг муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутатлар "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида кўчат экиш ишлари билан шуғулланди.
янв.21
Депутат фуқаролар муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат фуқароларга маънавият улашмоқда.
янв.21
Депутат ижтимоий соҳа объектларидаги қурилиш ишларини ўз назоратига олди.
янв.21
Депутат "маҳалла еттилиги" билан аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат бошчилигида кўчалар шағаллаштирилмоқда.
янв.21
Депутат ташаббуси билан уяли алоқа сифати яхшиланди.
янв.21
Депутат оилавий врачлик пунктидаги қурилиш ишларини ўрганди.
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi raisi Sh.Shokirov hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Onorov, Oqtosh va Beliboyli mahallalarida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazishdi.

 Aholi bilan ochiq muloqotni kengaytirish, ularning turmush sharoitini yaxshilash va dolzarb masalalarni tezkor hal etish
mamlakatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlardan biridir. 

Shu maqsadda Dehqonobod tumani Kengashi raisi Sh.Shokiov, tuman Kengashi deputati N.Onorov hamda tegishli soha rahbarlari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul tumanning Oqtosh va Beliboyli mahallalarida bo‘lib o‘tdi. 

Qabul davomida mahalla aholisi va yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat hamda takliflar tinglandi. Murojaatlarda ko‘tarilgan
masalalar yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilib, muammolarning ijobiy hal etilishi bo‘yicha belgilangan tartibda nazorat o‘rnatildi.
Shuningdek, fuqarolarga mavjud imkoniyatlar, davlat xizmatlari va tartib-qoidalar bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. 

Sayyor qabul jarayonida aholiga to‘y va marosimlarda ortiqcha dabdababozlikdan tiyilish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik
ko‘rish, xavfsizlik choralariga rioya qilish borasida tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Bundan tashqari, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mahallada keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etish zarurligi alohida ta’kidlandi. 

Tashrif doirasida deputatlar Oqtosh mahallasidagi 2-sonli kasb-hunar politexnikumida ham bo‘lib, o‘quv jarayonlari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdi. O‘quv yurtida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi muhokama etilib, ta’lim sifati va sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. 

Oqtosh mahallasidagi ushbu sayyor qabul aholining muammolarini joyida hal etish, davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi
hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi. 

Slide 1 of 7