Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фуқароларнинг муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутатлар "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида кўчат экиш ишлари билан шуғулланди.
янв.21
Депутат фуқаролар муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат фуқароларга маънавият улашмоқда.
янв.21
Депутат ижтимоий соҳа объектларидаги қурилиш ишларини ўз назоратига олди.
янв.21
Депутат "маҳалла еттилиги" билан аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат бошчилигида кўчалар шағаллаштирилмоқда.
янв.21
Депутат ташаббуси билан уяли алоқа сифати яхшиланди.
янв.21
Депутат оилавий врачлик пунктидаги қурилиш ишларини ўрганди.
FXDYo organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi.

 Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi deputati G. Sharipova tomonidan shahar davlat xizmatlari va FXDYo organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi. Davlat xizmatlari markazida 5 nafar xodim, FXDYo bo‘limida 3 nafar xodim faoliyat yuritib, kuniga taxminan 250-300 nafargacha aholiga turli xildagi huquqiy xizmatlar ko‘rsatiladi. Jumladan, tadbirkorlik subyektlarini tashkil qilish, faoliyatni to‘xtatish, turli mazmundagi ma’lumotnomalar olish, transport bilan bog‘liq haydovchilik guvohnomalari, xorijga chiqish pasportlari rasmiylashtirish, kadastr, arxiv hujjatlari, ish staji, pensiyaning barcha turi va boshqa turdagi ko‘plab xizmatlar bilan murojaat qilinmoqda. FHDYo bo‘limida kuniga 90 dan ziyod fuqaro tug‘ilganlik, nikoh va o‘limni qayd ettirish, nikohni bekor qilish bilan bog‘liq harakatlar, guvohnomalardan dublikatlar olish, ism, familiya va ota ismlarini o‘zgartirish, dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish kiritish masalalarida murojaat qilinib, respublika miqyosida elektron tartibda ko‘plab masalalar hal qilib kelinmoqda. Undan tashqari Davlat xizmatlari markazi binosida shahar Adliya bo‘limi va "Madad" nomli huquqiy maslahat byurosi joylashgan bo‘lib, aholiga bepul huquqiy maslahat va xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda. Ushbu bino yangi loyiha asosida qurilgan bo‘lib, ikki qavatdan iborat. Markazning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati qoniqarli, issiqlik
tizimi ish holatida bo‘lib, xodimlar va fuqarolar uchun barcha qulayliklar yaratilganligi ma’lum bo‘ldi.
  

Slide 1 of 2