Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фуқароларнинг муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутатлар "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида кўчат экиш ишлари билан шуғулланди.
янв.21
Депутат фуқаролар муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат фуқароларга маънавият улашмоқда.
янв.21
Депутат ижтимоий соҳа объектларидаги қурилиш ишларини ўз назоратига олди.
янв.21
Депутат "маҳалла еттилиги" билан аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат бошчилигида кўчалар шағаллаштирилмоқда.
янв.21
Депутат ташаббуси билан уяли алоқа сифати яхшиланди.
янв.21
Депутат оилавий врачлик пунктидаги қурилиш ишларини ўрганди.
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati o‘rganildi.

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining 2025-yil uchun tasdiqlangan ish rejasiga asosan Bekobod shahridagi Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati, ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari va yerto‘la holatlari o‘rganildi. O‘rganish Xalq deputatlari shahar kengashining deputatlari U.Abdunazarov, X.Ibragimova, M.Xoliqova tomonidan “Do‘stlik” MFY raisi O.Xolmatova ishtirokida olib borildi. Ushbu mahallaga “Invest ta’mir 077” BSK tomonidan xizmat ko‘rsatilib, mahalladagi ja’mi 33 ta ko‘pqavatli uylardan bugungi kunda 7 tasida, ya’ni 27, 43, 47, 76, 78, 80 va 82 -sonli ko‘pqavatli uylarning tom qismidan chakki o‘tishi, 80-sonli uyning yo‘lak qismida yog‘ingarchilik davrida suv to‘planib qolishi, bolalar maydonchasi mavjud emasligi kabi holatlar aniqlandi. Bobur mahallasida jami 24 ta ko‘pqavatli uylar mavjud bo‘lib, shundan 3 tasida, ya’ni 51, 52 va 55-uylarning tom qismidan chakki o‘tishi, 54 va 55 uylarning podezd qismiga romlar o‘rnatilmaganligi, BSK faoliyatidan aholi norozi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu masalalar Xalq deputatlari shahar kengashining navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilib, muhokama etildi. BSK rahbariga ish faoliyatini yaxshilash va aniqlangan masalalarni hal etish, aholiga amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot berish vazifasi yuklatildi.  

Slide 1 of 3