Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat ijtivoiy himoyaga muhtoj oilalarni o'rgandi
янв.21
Deputat uyma-uy yurish asosida saylovchilarning murojaatlarini o'rgandi
янв.21
Saylovchilar mupolaati o‘rganildi
янв.21
Депутат камбағал оилалар ресстрида турувчи сайловчилар турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
INSON QADRI — AMALDA
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat targ'ibot ishlari olib bordi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Deputat saylovchilar mupojaatini o‘rgandi
янв.21
Deputat aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj fuqarolarga xizmat ko‘rsatish muassasi faoliyatini o‘rgandi
“Deputat mahallada” loyihasi doirasida obodonchilik ishlariga e’tibor qaratildi:

“Deputat mahallada” loyihasi doirasida obodonchilik ishlariga e’tibor qaratildi:

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Termiz tuman Kengashi raisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G. Shafoatova “Deputat mahallada” loyihasi doirasida “Yangi hayot” mahallasida bo‘lib, mazkur hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mahalla ko‘chalarida amalga oshirilayotgan yo‘l chetlarini tozalash, daraxtlar parvarishi, chiqindilarni to‘plash va yashil hududlarni ko‘paytirishga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Deputat tomonidan mahalla faollari, ishchi guruh vakillari hamda fuqarolar bilan muloqotlar olib borilib, ishlarning sifatli bajarilishi, muddatlarga rioya qilinishi, aholining taklif va murojaatlarini inobatga olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, deputat obodonlashtirish ishlarining mahalla aholisi hayot sifati va kayfiyatiga bevosita ta’sir qiluvchi muhim omil ekanligini alohida ta’kidlab, bu yo‘nalishda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligini bildirdi.

Mazkur tashrif hududlarni obod qilish, mahallalarda qulay yashash muhitini yaratish va fuqarolar bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan samarali ishlarning amaliy ifodasidir.

Slide 1 of 5