Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat ijtivoiy himoyaga muhtoj oilalarni o'rgandi
янв.21
Deputat uyma-uy yurish asosida saylovchilarning murojaatlarini o'rgandi
янв.21
Saylovchilar mupolaati o‘rganildi
янв.21
Депутат камбағал оилалар ресстрида турувчи сайловчилар турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
INSON QADRI — AMALDA
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat targ'ibot ishlari olib bordi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Deputat saylovchilar mupojaatini o‘rgandi
янв.21
Deputat aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj fuqarolarga xizmat ko‘rsatish muassasi faoliyatini o‘rgandi
Odam savdosi — inson qadriga tahdid:

Odam savdosi — inson qadriga tahdid: 

Termiz tumanida odam savdosiga qarshi kurashish va jamiyatda ushbu og‘ir jinoyatga nisbatan huquqiy ongni oshirish maqsadida navbatdagi targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati Nasiba Ro‘ziyeva tashabbusi bilan tuman Axborot-kutubxona markazida bo‘lib o‘tdi. Unda mahalla faollari, yoshlar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari ishtirok etdi.

Deputat N.Ro‘ziyeva nutqida odam savdosi — bu nafaqat shaxsiy, balki jamiyatning barqarorligiga va kelajagiga jiddiy tahdid soluvchi og‘ir jinoyat ekanini ta’kidladi. Ushbu illatga qarshi kurashishda har bir fuqaro va jamoatchilikning mas’uliyati katta ekanligini alohida qayd etdi.

Tadbir davomida inson savdosining turlari, bu jinoyatni amalga oshirishda qo‘llaniladigan usullar va ularga qarshi davlat tomonidan olib borilayotgan huquqiy chora-tadbirlar haqida keng ma’lumot berildi. Xususan, ish va ta’lim uchun chet elga chiqish takliflari ortida yashirin jinoiy sxemalar bo‘lishi mumkinligi, shunday vaziyatlarda ehtiyotkorlik va hushyorlik zarurligi uqtirildi.

Muloqot jarayonida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va bu kabi targ‘ibot tadbirlarining ahamiyatini ta’kidladilar. Mutaxassislar tomonidan berilgan maslahatlar hamda huquqiy tushuntirishlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Bu kabi tadbirlar odam savdosiga qarshi kurashda huquqiy ongni oshirish va jamiyatda ushbu salbiy illatga nisbatan keskin munosabatni shakllantirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 2