Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat ijtivoiy himoyaga muhtoj oilalarni o'rgandi
янв.21
Deputat uyma-uy yurish asosida saylovchilarning murojaatlarini o'rgandi
янв.21
Saylovchilar mupolaati o‘rganildi
янв.21
Депутат камбағал оилалар ресстрида турувчи сайловчилар турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
INSON QADRI — AMALDA
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat targ'ibot ishlari olib bordi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Deputat saylovchilar mupojaatini o‘rgandi
янв.21
Deputat aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj fuqarolarga xizmat ko‘rsatish muassasi faoliyatini o‘rgandi
Qoshko‘pir tumanida to‘y va marosimlarni ixcham o‘tkazish bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi

Qoshko‘pir tumanida to‘y va marosimlarni ixcham o‘tkazish bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi

🔰Qoshko‘pir tumanidagi Axborot-kutubxona markazida “To‘y va boshqa marosimlarni ixcham, tartibli hamda milliy qadriyatlarimizga mos ravishda o‘tkazish – zamon talabi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimligi, mahalla faollari, xotin-qizlar faollari, diniy soha vakillari, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

✅Davra suhbati davomida so‘z olganlar yurtimizda so‘nggi yillarda to‘y, sunnat to‘yi, ma’raka va boshqa oilaviy tadbirlarni ixcham, ortiqcha dabdaba va isrofgarchiliksiz o‘tkazish borasida olib borilayotgan islohotlarning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdilar. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining marosimlarni ixchamlashtirish bo‘yicha bergan topshiriqlari, qabul qilingan me’yoriy hujjatlar mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarida, bugungi kunda ortiqcha sarf-xarajatlar, dabdaba va poygachilik kayfiyatiga barham berish ta'kidlandi.

Slide 1 of 1