Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat ijtivoiy himoyaga muhtoj oilalarni o'rgandi
янв.21
Deputat uyma-uy yurish asosida saylovchilarning murojaatlarini o'rgandi
янв.21
Saylovchilar mupolaati o‘rganildi
янв.21
Депутат камбағал оилалар ресстрида турувчи сайловчилар турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
INSON QADRI — AMALDA
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat targ'ibot ishlari olib bordi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Deputat saylovchilar mupojaatini o‘rgandi
янв.21
Deputat aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj fuqarolarga xizmat ko‘rsatish muassasi faoliyatini o‘rgandi
SUN’IY INTЕLLЕKT TARAQQIYOTNING YANGI BOSQICHINI BOSHLAB BЕRMOQDA

#munosabat

SUN’IY INTЕLLЕKT TARAQQIYOTNING YANGI BOSQICHINI BOSHLAB BЕRMOQDA

21 oktyabr kuni davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish masalalari yuzasidan Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishni katta qiziqish bilan kuzatdim.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek haqiqatdan ham bugun sun’iy intellekt texnologiyalari kirib bormagan birorta soha qolmayapti. Dunyo iqtisodiyotida su’iy intellekt hajmi yil sayin ortib bormoqda. O‘zbekistonda ham bu bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, mamlakatimizda sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha alohida qaror qabul qilinib, sohaning huquqiy asoslari yaratildi hamda qisqa vaqt ichida davlat xizmatlari, bank-moliya, jamoat xavfsizligi, transport kabi yo‘nalishlarda ko‘plab pilot loyihalar ishga tushdi.

Prezidentimizning bevosita tashabbuslari bilan o‘tgan yili yurtimizda tasdiqlangan Sun’iy intellektni 2030 yilga qadar rivojlantirish strategiyasi, Raqamlashtirish vazirligida bu soha bilan ishlaydigan alohida markazning tashkil etilgani o‘z samarasini berib, bir yil ichida mamlakatimizning sun’iy intellektga tayyorgarlik bo‘yicha xalqaro indeksda 17 pog‘ona yuqorilagani, Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egallagani barchamizga mamnuniyat bag‘ishlaydi.

Davlatimiz rahbari yig‘ig‘ilishda endilikda vazirlar va tarmoq rahbarlarini raqamlashtirishga mas’ul o‘rinbosarlari bir vaqtni o‘zida sohada sun’iy intellektni rivojlantirishga ham javobgar bo‘lishini, shahar va tumanlarda ham hokimlarning raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchisi lavozimi kiritilishini, vazirlik va hududlarda sun’iy intellektni joriy etish holatini baholaydigan reyting tizimi ishga tushirilishini ma’lum qildi. Albatta, kuzatilayotgan bu yangiliklar sohadagi ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishi shubhasiz.

Prezidentimiz yig‘ilishda dunyoda sun’iy intellektga talab ortib borayotgan hozirgi davrda raqobatdosh bo‘lish uchun 3 ta eng asosiy masala – infratuzilma, ochiq ma’lumotlar va kadr tayyorlashga e’tiborni kuchaytirish zarurligiga urg‘u qaratdi.

Zamonaviy super-kompyuter klasterlari va data-markazlarni ko‘paytirish zarurligini takidlab, bu yil 16 ta super-kompyuter sotib olish uchun 50 million dollar ajratilishini, keyingi yil bu mablag‘ 2 karra oshirilishini bildirdi.

Sun’iy intellekt infratuzilmasiga sarmoya kiritadigan investorlarga imtiyozlar berilishi, import uskunalari bojxona to‘lovidan ozod etilishi ko‘rsatib o‘tildi. Olis hududlarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash uchun keyingi yildan “sputnik internet” operatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi, ularning besh yilga yer, mol-mulk, foyda va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilishi belgilandi.

Yig‘ilishda shuningdek, Sun’iy intellekt dasturlari samarali ishlashi uchun ular, avvalo, o‘zbek tilini mukammal darajada tushunishi zarurligi, buning uchun o‘zbek tilidagi adabiyotlar, ma’lumotlar, maqolalar, hisobotlar, ilmiy ishlarni raqamlashtirish, sun’iy intellekt milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimizni o‘zida ifodalay olishi uchun “O‘zbek tili korpusi”ni yaratish zarurligi alohida qayd etib o‘tildi.

Prezidentimiz sun’iy intellekt sohasida kadrlar tayyorlashni eng avvalo maktablardan boshlash kerakligini, shu munosabat bilan keyingi o‘quv yilidan “Informatika” fani o‘quv dasturlariga sun’iy intellektga oid mavzular kiritilishi zarurligini bildirdi.

Yoshlarning sun’iy intellektdan foydalanishga doir g‘oyalarini aniqlash va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Bir million sun’iy intellekt yetakchisi” loyihasining kengaytirilishi va bu bo‘yicha milliy tanlov o‘tkazilib, eng yuqori natija ko‘rsatgan yoshlar, ularning ustozlari va ta’lim tashkilotlarining munosib rag‘batlantirilishi sohaga bo‘lgan qiziqishning yanada ortishiga xizmat qiladi.

Yig‘ilishda davlatimiz rahbari bitta haqiqatni baralla aytdi. “Bugun insoniyat yangi sivilizatsiya bosqichiga – sun’iy intellekt davriga dadil qadam qo‘ymoqda. Qaysi soha bo‘lmasin, kim bu jarayonda qattiq izlanib, aniq natija qilsa, bir qadam oldinda yursa, marra shuniki bo‘ladi”.

Prezidentimiz tomonidan yig‘ilishda sohaga oid belgilab berilgan vazifalarni vaqtida, astoydil bajara olsak albatta natijamiz yomon bo‘lmaydi, O‘zbekiston sun’iy intellekt sohasida ham xalqaro hamjamiyatda o‘z o‘rniga, o‘z so‘ziga ega bo‘ladi.

Akbar Axtamov,

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi

Samarqand viloyat Kengashi raisi 

Slide 1 of 1