Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat targ'ibot ishlari olibbordi
янв.21
Saylovchilar murojaati o‘rganildi
янв.21
Deputatga ko'mak berildi
янв.21
Депутат сайловчиларнинг мурожаатини ўрганди.
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Fuqarolarning mupolaati o‘rganildi
янв.21
Депутат халқ номидан маҳалла еттилиги ходимлари хисоботини эшитди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат бошчилигида жиноят ва хуқуқбузарликларни олдини олиш мақсадида профилактика инспекторининг хисоботи эшитилди.
янв.21
Deputat saylovchilar mupojaatini o‘rgandi
Nomoddiy meros - millat ruhining uzviy davomchisi

Muhtaram yurtboshimizning Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan YUNЕSKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqida tilga olingan “Jahon xotirasi” dasturini rivojlantirish tashabbusi menga juda ma’qul tushdi. Bu g‘oya xalqlar tarixini hujjatlar, qo‘lyozmalar va arxeologik manbalar orqali saqlash va yangi avlodga yetkazish imkonini beradi. Madaniy meros - millatning ruhiy poydevori bo‘lib, uni asrab-avaylash insoniylik burchdir. Shu nuqtayi nazardan, 19 noyabrni “Hujjatli meros xalqaro kuni” deb e’lon qilish taklifi madaniy va ma’naviy qadriyatlarni jahon miqyosida yanada e’zozlashga xizmat qiladi.

Millat o‘z ildizlarini bilib, o‘tmishidan iftixor etsagina kelajakda o‘z yo‘lini aniq belgilay oladi. Shuning uchun yoshlarda tarixiy xotirani mustahkamlash, ularni ma’naviy jihatdan boyitish - bugungi kundagi asosiy vazifalardan biri. Nomoddiy merosni raqamlashtirish va jahonga yetkazish borasida O‘zbekistonning tashabbuslari juda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bunday loyihalar nafaqat tarixni asrashga, balki dunyo xalqlari o‘rtasida o‘zaro hurmat va madaniy muloqotni rivojlantirishga ham zamin yaratadi. Buni Prezident nutqidagi har bir so‘zdan his etish mumkin.

Muhabbat Adilova, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati

Slide 1 of 1