Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Fuqarolarning mupolaati o‘rganildi
янв.21
Депутат халқ номидан маҳалла еттилиги ходимлари хисоботини эшитди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат бошчилигида жиноят ва хуқуқбузарликларни олдини олиш мақсадида профилактика инспекторининг хисоботи эшитилди.
янв.21
Deputat saylovchilar mupojaatini o‘rgandi
янв.21
Deputat tomonidan tumandagi Axborot-kutubxona markazi o‘rganildi.
янв.21
Депутат фуқароларнинг муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутатлар "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида кўчат экиш ишлари билан шуғулланди.
янв.21
Депутат фуқаролар муаммоларини ўрганди.
Ta’lim va sun’iy intellekt integratsiyasi - kelajak sari yo‘l

Prezidentimizning YUNЕSKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasidagi nutqida ta’lim sohasida sun’iy intellektni keng joriy etish masalasi ko‘tarilgani bugungi raqamli davr uchun juda dolzarb. “Sun’iy intellekt - maktab” loyihasi kelajak avlodning bilim olish jarayonini tubdan o‘zgartirishga qodir. Bu tashabbus orqali bolalar faqat bilim olibgina qolmay, balki mustaqil fikrlaydigan, tahlilchi, innovatsion dunyoqarashga ega shaxslar bo‘lib yetishadi.

Inklyuziv ta’lim bilan uyg‘unlashgan sun’iy intellekt texnologiyalari har bir bolaga teng imkoniyat yaratishga xizmat qiladi. Jismoniy yoki ijtimoiy to‘siqlardan qat’i nazar, har bir insonga zamonaviy ta’lim olish imkonini berish - YUNЕSKO tamoyillariga to‘liq mos. Bu yo‘nalishda O‘zbekistonning tashabbus ko‘rsatishi uning global miqyosdagi nufuzini yanada oshiradi, degan fikrdaman.

Shu bilan birga, ta’lim jarayonida sun’iy intellektning axloqiy qoidalari haqidagi masala ham muhim. Prezident tomonidan taklif etilgan “Sun’iy intellekt etikasi bo‘yicha xalqaro ekspertlar anjumani” g‘oyasi shu jihatdan o‘ta ahamiyatli. Bu nafaqat ilmiy-amaliy, balki insonparvarlik tamoyillariga asoslangan kelajak ta’limi uchun zarur poydevordir.

Akbar Yakubov, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi

Slide 1 of 1