Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фуқароларнинг муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутатлар "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида кўчат экиш ишлари билан шуғулланди.
янв.21
Депутат фуқаролар муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат фуқароларга маънавият улашмоқда.
янв.21
Депутат ижтимоий соҳа объектларидаги қурилиш ишларини ўз назоратига олди.
янв.21
Депутат "маҳалла еттилиги" билан аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат бошчилигида кўчалар шағаллаштирилмоқда.
янв.21
Депутат ташаббуси билан уяли алоқа сифати яхшиланди.
янв.21
Депутат оилавий врачлик пунктидаги қурилиш ишларини ўрганди.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani tajribasi asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xarita”sida belgilangan vazifalarga muvofiq, tumandagi 12 ta maktabni kompyuter jamlanmalari bilan ta’minlash va o‘quvchilarga zamonaviy kasblarni o‘rganishlari uchun sharoit yaratish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Shu doirada Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputatlari Xusnara Berdiyarova hamda Xurshid Jo‘raxolovlar “Olmazor” mahallasida joylashgan 9-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish olib bordilar.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, mazkur ta’lim muassasasi 15 ta yangi kompyuter jamlanmalari bilan ta’minlangani aniqlandi.

Bu esa o‘quvchilarning raqamli savodxonligini oshirish, zamonaviy kasb-hunarlarga qiziqishini kuchaytirish va ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni keng joriy etishga xizmat qiladi.

Shuningdek, deputatlar 37-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ham bo‘lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari holatini o‘rganishdi. Bog‘chada isitish tizimi, deraza va eshiklar holati, bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Ta’lim va tarbiya sifatiga e’tibor — kelajakka sarmoya!

Slide 1 of 7