Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фуқароларнинг муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутатлар "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида кўчат экиш ишлари билан шуғулланди.
янв.21
Депутат фуқаролар муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат фуқароларга маънавият улашмоқда.
янв.21
Депутат ижтимоий соҳа объектларидаги қурилиш ишларини ўз назоратига олди.
янв.21
Депутат "маҳалла еттилиги" билан аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат бошчилигида кўчалар шағаллаштирилмоқда.
янв.21
Депутат ташаббуси билан уяли алоқа сифати яхшиланди.
янв.21
Депутат оилавий врачлик пунктидаги қурилиш ишларини ўрганди.
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

📅 2025-yil 28-oktabr kuni

🏛 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

🗂 Sessiyada shahar hayoti va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga oid bir qator muhim masalalar muhokama qilindi.

📌 Kun tartibidan o‘rin olgan masalalar:

1️⃣ Samarqand shahar prokurori B. Normatovning – shaharda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2025-yilning 3-choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti tinglandi.

2️⃣ Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A. Sulaymonovning – 2025-yil 3-chorak yakunlari bo‘yicha hisobotlari eshitildi.

3️⃣ Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i B. Mingboyevning – 2025-yil 1-yarim yillik yakunlari yuzasidan hisoboti ko‘rib chiqildi.

4️⃣ 2026-yilda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish masalasi muhokama qilindi.

5️⃣ Shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi.

6️⃣ “Yoshlar daftari” orqali yoshlar muammolarini tizimli hal etish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida axborot tinglandi.

🟩 Sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

🔹 Mazkur sessiya Samarqand shahrining barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiluvchi muhim bosqichlardan biri bo‘ldi.

Slide 1 of 1