Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фуқароларнинг муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутатлар "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида кўчат экиш ишлари билан шуғулланди.
янв.21
Депутат фуқаролар муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат фуқароларга маънавият улашмоқда.
янв.21
Депутат ижтимоий соҳа объектларидаги қурилиш ишларини ўз назоратига олди.
янв.21
Депутат "маҳалла еттилиги" билан аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат бошчилигида кўчалар шағаллаштирилмоқда.
янв.21
Депутат ташаббуси билан уяли алоқа сифати яхшиланди.
янв.21
Депутат оилавий врачлик пунктидаги қурилиш ишларини ўрганди.
MUNOSABAT

 Prezident Shavkat Mirziyoyevning Yevropa Ittifoqiga tashrifi – O‘zbekiston va YEI munosabatlarida yangi sahifa 

Joriy yilning 23–24 oktyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Bryussel shahrida bo‘ldi.
Tashrif doirasida Davlatimiz rahbari Yevropa Ittifoqi rahbarlari, Yevropa Kengashi va Yevropa Komissiyasi yetakchilari bilan qator uchrashuv va
muzokaralar o‘tkazdi. 

Bu tashrif ikki tomonlama munosabatlar tarixida muhim siyosiy voqea sifatida e’tirof etilmoqda. Suhbatlarda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, “Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (EPCA)”ni amalga oshirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va innovatsion sohalardagi munosabatlarni kengaytirish masalalari muhokama etildi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bryusseldagi muzokaralar chog‘ida Yevropa biznes doiralari va moliya institutlari vakillari bilan ham uchrashdi. Ushbu muloqotlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, Yevropa investitsiyasini O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etish, “yashil energetika”, transport, raqamli iqtisodiyot va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq taklif va kelishuvlar ilgari surildi. 

Tashrif doirasida bir qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi, hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab beruvchi amaliy dasturlar ishlab chiqildi. 

Mutaxassislar ta’kidlaganidek, bu tashrif nafaqat O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi munosabatlarini mustahkamlash, balki mamlakatimizning xalqaro nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi. Prezident Mirziyoyevning Yevropa Ittifoqiga rasmiy tashrifi O‘zbekiston tashqi siyosatining ochiqlik va o‘zaro manfaatli hamkorlikka asoslangan yo‘nalishini yana bir bor tasdiqladi. 

Babayev Esanbay 

Oqoltin tumani Kengashi deputati.