Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фуқароларнинг муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутатлар "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида кўчат экиш ишлари билан шуғулланди.
янв.21
Депутат фуқаролар муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат фуқароларга маънавият улашмоқда.
янв.21
Депутат ижтимоий соҳа объектларидаги қурилиш ишларини ўз назоратига олди.
янв.21
Депутат "маҳалла еттилиги" билан аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат бошчилигида кўчалар шағаллаштирилмоқда.
янв.21
Депутат ташаббуси билан уяли алоқа сифати яхшиланди.
янв.21
Депутат оилавий врачлик пунктидаги қурилиш ишларини ўрганди.
O‘zLiDep faollari tadbirkorlarni qadrladilar

 O‘zLiDep faollari tadbirkorlarni qadrladilar 

  Yurtimizda har yili 20 avgust – “Tadbirkorlar kuni” sifatida keng nishonlanib kelinadi.
Ushbu kasb bayrami g‘oyasi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev tomonidan 2021
yil 20 avgust kuni mamlakatimiz tadbirkorlari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot
chog‘ida ilgari surilgan bo‘lib, shu vaqtdan buyon tadbirkorlarning mehnati va
tashabbuskorligini qadrlash an’anaga aylandi. Har yili aynan shu kuni
Prezidentimiz biznes va ishbilarmon doira vakillari bilan ochiq muloqot
o‘tkazishi ham buning yorqin ifodasidir.
 

  Bugun tumandagi Sanoatchilar mahalla fuqarolar yig‘ini binosida tuman O‘zLiDep
apparati rahbari Yu.Abdullaeva, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat
mudiri R.Nodirov, tuman hokimi o‘rinbosari M.Xolmatova O‘zLiDep faol a’zolari
tadbirkor ayollar bilan uchrashib, ularni kasb bayrami munosabati bilan samimiy
tabrikladilar.
 

  Uchrashuv chog‘ida tadbirkorlarning yurtimiz taraqqiyoti va tumanda yangi ish o‘rinlari
yaratishdagi beqiyos hissasi alohida ta’kidlandi.
 

Shuningdek, tadbirkorlarga bayram munosabati bilan estalik sovg‘alari topshirilib, ularning
mehnati va tashabbuskorligi yuksak qadrlandi.
  

Slide 1 of 5