Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 19-“Xidirsho” saylov okrugidan saylangan deputat Qurbaniyazov Yusup Xolmuminovich tashabbusi bilan hamda hashar yo‘li bilan “Xidirsho” mahallasida yangi ko‘prik qurilishi ishlari olib borilmoqda. Mazkur tashabbus mahalla aholisi uchun qulayliklar yaratish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va infratuzilmani yaxshilashga xizmat qiladi. Ko‘prik qurilishida mahalla faollari, yoshlar hamda fuqarolar keng ishtirok etmoqda. Ushbu ezgu ishlar “Obod va farovon mahalla” g‘oyasini hayotga tatbiq etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib, fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirishga ham xizmat qilmoqda.
Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati