Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фуқароларнинг муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутатлар "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида кўчат экиш ишлари билан шуғулланди.
янв.21
Депутат фуқаролар муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат фуқароларга маънавият улашмоқда.
янв.21
Депутат ижтимоий соҳа объектларидаги қурилиш ишларини ўз назоратига олди.
янв.21
Депутат "маҳалла еттилиги" билан аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат бошчилигида кўчалар шағаллаштирилмоқда.
янв.21
Депутат ташаббуси билан уяли алоқа сифати яхшиланди.
янв.21
Депутат оилавий врачлик пунктидаги қурилиш ишларини ўрганди.
Obodonlashtirish ishlari – farovon hayot poydevori

Payariq tumanida mahallalarni obod maskanga aylantirish, aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish, ko‘kalamzorlashtirish, tozalikka rioya qilish va ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash borasida izchil ishlar olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Z.Turdiyev ushbu sa’y-harakatlarda faol ishtirok etib, mahalla faollari, yoshlar va fuqarolar bilan birgalikda obodonlashtirish tadbirlariga bevosita bosh-qosh bo‘lmoqda. Deputat tashabbusi bilan turli ko‘chalar, jamoat joylari hamda ijtimoiy obyektlar atrofi tozalandi, daraxtlar ekildi va chiqindilar olib chiqildi.

Aholi orasida tozalik va ozodalik madaniyatini shakllantirish, yoshlarni ijtimoiy hayotga jalb etish, ularni mehnatsevarlik va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash ham ushbu ishlarning asosiy yo‘nalishlaridan birini tashkil etmoqda.

Mazkur amaliy harakatlar natijasida Payariq tumani yanada go‘zal, tartibli va yashash uchun qulay maskanga aylanib bormoqda.
 

Slide 1 of 3