Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фуқароларнинг муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутатлар "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида кўчат экиш ишлари билан шуғулланди.
янв.21
Депутат фуқаролар муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат фуқароларга маънавият улашмоқда.
янв.21
Депутат ижтимоий соҳа объектларидаги қурилиш ишларини ўз назоратига олди.
янв.21
Депутат "маҳалла еттилиги" билан аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат бошчилигида кўчалар шағаллаштирилмоқда.
янв.21
Депутат ташаббуси билан уяли алоқа сифати яхшиланди.
янв.21
Депутат оилавий врачлик пунктидаги қурилиш ишларини ўрганди.
Xalq deputatlari Jomboy tuman Kengashi deputatlari tomonidan yoshlar ishsizligi va ishga joylashish masalalari o‘rganildi

 Jomboy tumanida Xalq
deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan yoshlar o‘rtasidagi ishsizlik
holatini kamaytirish, ularni ishga joylashtirish jarayonidagi muammolarni
aniqlash hamda mavjud shikoyatlarni o‘rganish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib
borildi. 

O‘rganish davomida
deputatlar tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi, kasb-hunar maktablari hamda
korxonalarda bo‘lib, yoshlar uchun yaratilgan ish o‘rinlari, amaliyot
dasturlari va kasbga yo‘naltirish tizimi bilan tanishdilar. Shuningdek, ish
izlayotgan yoshlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning duch kelayotgan to‘siq
va muammolari tinglandi. 

Tahlillar natijasida ayrim
mahallalarda yoshlarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha ma’lumotlar bazasining
to‘liq yuritilmayotgani, kasb-hunar o‘qishlarini bitirganlarning bandligi
ustidan nazorat sustligi, ayrim korxonalarda yoshlar uchun mos sharoitlar
yetarli emasligi aniqlandi. 

Deputatlar tomonidan bu
muammolarni bartaraf etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, yoshlarni
tadbirkorlikka jalb etish hamda davlat dasturlari imkoniyatlaridan samarali
foydalanish bo‘yicha Bandlik bo‘limiga, sektor rahbarlariga va mutasaddi
tashkilotlarga aniq tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 6