Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фуқароларнинг муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутатлар "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида кўчат экиш ишлари билан шуғулланди.
янв.21
Депутат фуқаролар муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат фуқароларга маънавият улашмоқда.
янв.21
Депутат ижтимоий соҳа объектларидаги қурилиш ишларини ўз назоратига олди.
янв.21
Депутат "маҳалла еттилиги" билан аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат бошчилигида кўчалар шағаллаштирилмоқда.
янв.21
Депутат ташаббуси билан уяли алоқа сифати яхшиланди.
янв.21
Депутат оилавий врачлик пунктидаги қурилиш ишларини ўрганди.
Xalq deputatlari Jomboy tuman Kengashi deputatlari tomonidan umumta’lim maktablarida muammolarni aniqlash va noxush holatlarning oldini olish bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi.

 Jomboy tumanida Xalq
deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan ta’lim sifati, o‘quvchilarning
xavfsizligi hamda o‘quv muassasalarining moddiy-texnik holatini o‘rganish maqsadida
umumta’lim maktablarida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi. 

Deputatlar o‘rganish davomida maktablarning o‘quv-tarbiya jarayoni, sinf
xonalarining jihozlanishi, isitish tizimlari, sanitariya holati, sport zallari
va oshxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, o‘quvchilarning darsga qatnash
intizomi, pedagoglar malakasi va ota-onalar bilan hamkorlik darajasi ham tahlil
qilindi. 

O‘rganishlar jarayonida
ayrim ta’lim muassasalarida jihozlarning eskirgani, texnika vositalarining
yetarli emasligi, sanitariya qoidalariga to‘liq amal qilinmayotgani hamda ayrim
joylarda o‘quvchi xavfsizligini ta’minlash borasida kamchiliklar mavjudligi
aniqlandi. 

Deputatlar tomonidan bu
muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ta’lim bo‘limi hamda mahalliy
ijro organlariga taklif va tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, maktablarda
noxush holatlarning oldini olish, o‘quvchilar tarbiyasi va ma’naviyatini
yuksaltirish borasida amaliy chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligi
ta’kidlandi.  

Slide 1 of 5