Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фуқароларнинг муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутатлар "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида кўчат экиш ишлари билан шуғулланди.
янв.21
Депутат фуқаролар муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат фуқароларга маънавият улашмоқда.
янв.21
Депутат ижтимоий соҳа объектларидаги қурилиш ишларини ўз назоратига олди.
янв.21
Депутат "маҳалла еттилиги" билан аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат бошчилигида кўчалар шағаллаштирилмоқда.
янв.21
Депутат ташаббуси билан уяли алоқа сифати яхшиланди.
янв.21
Депутат оилавий врачлик пунктидаги қурилиш ишларини ўрганди.
Tozalik va ozodalik oyligi doirasida plogging aksiyasi òtkazildi

Tozalik va ozodalik oyligi doirasida plogging aksiyasi òtkazildi

O'zbekiston Ekologik partiyasi Navoiy viloyat Kengashi, O'zbekiston mahallalar uyushmasining Konimex tuman bo'limi hamda Yoshlar ishlari Agentligining tuman bo'limi bilan hamkorlikda Zafarobod qo'rg'oni, Ko'kcha MFY hududidan o'tgan "Navoiy-Zarafshon" avtomobil yo'lining ikki tomonida chiqindi yig'ish aksiyasi o'tkazildi.

Ushbu aksiyada partiyadan saylangan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, Obodonlashtirish boshqarmasi ishchi-xodimlari va 100 nafarga yaqin yoshlar bir tanu bir jon bo'lib ishtirok etdilar.

Har bir qadamda atrof-muhitga tashlab ketilgan turli xildagi chiqindilar — ayniqsa, tabiatda yuzlab yillar davomida parchalanmaydigan plastik idishlar va boshqa maishiy chiqindilar yig'ildi. Bu chiqindilar maxsus qoplarga joylanib, belgilangan joyga olib chiqildi.

Aksiya yakunida qisqa vaqt ichida jami 1 tonnaga yaqin chiqindi yig'ildi. Bu ko'rsatkich nafaqat tozalik oyligining samarasini ko'rsatadi, balki aholining, ayniqsa yoshlarning ekologik madaniyati va faolligi tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.

“Bugungi aksiya yoshlarimizning tabiatga bo'lgan mehrini, uni asrab-avaylash mas'uliyatini qanchalik chuqur his etayotganini ko'rsatdi. Bir tonnaga yaqin chiqindining yig'ilishi katta natija. Ammo eng muhimi — bu birgalikdagi mehnat orqali jamoatchilikda atrof-muhitga e'tibor ruhini mustahkamlashdir. Tozalik oyligi bir martalik tadbir emas, bu doimiy, kundalik hayot tarziga aylanishi kerak. Har bir fuqaroning o'z uyi, mahallasi va yurtining tozaligiga mas'uliyat bilan qarashi bizning bosh maqsadimizdir,” – deya ta'kidladi A. Jo'rayev.

Bu kabi amaliy ishlar Konimex tumanining tozaligi va obodligini ta'minlashda muhim qadam bo'lishi bilan birga, yosh avlodni ekologik qadriyatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Tozalik va ozodalik – bu nafaqat tanaffussiz davom etadigan jarayon, balki har bir insonning vijdon ishi bo'lib qolishi lozim.

Slide 1 of 5