Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining deputati G.Sharipova va shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, hokim o‘rinbosari A.To‘raqulova bilan 5-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida seminar tashkil etildi. Semenarda o‘quvchi qizlar xavfsizligi va salomatligini ta’minlash bo‘yicha ma’ruzalar qilindi hamda qizlarga huquqiy tushunchalar berildi. Shuningdek, tadbirda yoshlar, xususan qizlarning ma’naviy kamoloti va salomatligini asrash, erta nikoh hamda erta tug‘ruq kabi jamiyatimiz uchun xavotirli holatlarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.