Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov, Oʻzbekiston ekologik partiyasi Gʻallaorol tuman Kengashi raisi B. Jumaboyeva, tuman Kengashi deputati Q. Hiloliddinov aholi va byudjet tashkilotlari uchun koʻmir mahsulotini yetkazib berish boʻyicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Aholini koʻmir bilan taʼminlashdagi muammolar va ularning yechimlari toʻgʻrisida masʼullarga koʻrsatmalar berildi. Hamkorlikda qilinadigan navbatdagi vazifalar belgilab olindi.