Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фуқароларнинг муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутатлар "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида кўчат экиш ишлари билан шуғулланди.
янв.21
Депутат фуқаролар муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат фуқароларга маънавият улашмоқда.
янв.21
Депутат ижтимоий соҳа объектларидаги қурилиш ишларини ўз назоратига олди.
янв.21
Депутат "маҳалла еттилиги" билан аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат бошчилигида кўчалар шағаллаштирилмоқда.
янв.21
Депутат ташаббуси билан уяли алоқа сифати яхшиланди.
янв.21
Депутат оилавий врачлик пунктидаги қурилиш ишларини ўрганди.
Deputat mahallada

 Jamiyatimizda fuqarolarning hayot sifatini yaxshilash, qulay yashash muhitini yaratish maqsadida mahallalarda infratuzilmani rivojlantirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Ayniqsa, ichki yo‘llarni ta’mirlash, obodonlashtirish va betonlashtirish ishlari mahalliy aholi uchun katta ahamiyatga ega. Shu maqsadda Turacheki mahalla fuqarolar yig‘inida ham aholi tashabbusi va faol ishtiroki bilan ichki ko‘chalarni xashar
yo‘li bilan betonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur tashabbus mahallada yashayotgan fuqarolar tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, ular o‘z mehnatlari bilan mahallasi ravnaqiga hissa qo‘shmoqda. Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati O.Qaxxorova To‘racheki MFYga tashrif chog‘ida
fuqarolar bilan uchrashib, ularning muammo va takliflarini tingladi, shuningdek, yo‘llarni obodonlashtirishga qaratilgan bunday tashabbuslarni doimiy qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. Beton yo‘l qurilishi tufayli mahallada transport harakati yaxshilanishi, bolalar va keksalarning xavfsiz harakatlanishi ta’minlanishi, shuningdek, umumiy sanitariya holati yanada yaxshilanishi kutilmoqda.
Deputat xam hasharga o‘z xissasini qo‘shish maqsadida xomiylik yordamini berdi. Xulosa qilib aytganda, To‘racheki mahallasida amalga
oshirilayotgan ushbu sa’y-harakatlar aholi va davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikning yorqin namunasi bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu esa Prezidentimiz rahnamoligida olib borilayotgan "Mahallabay" ishlash tizimining amaldagi samaradorligini yana bir bor namoyon etmoqda.
  

Slide 1 of 3