Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фуқароларнинг муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутатлар "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида кўчат экиш ишлари билан шуғулланди.
янв.21
Депутат фуқаролар муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат фуқароларга маънавият улашмоқда.
янв.21
Депутат ижтимоий соҳа объектларидаги қурилиш ишларини ўз назоратига олди.
янв.21
Депутат "маҳалла еттилиги" билан аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат бошчилигида кўчалар шағаллаштирилмоқда.
янв.21
Депутат ташаббуси билан уяли алоқа сифати яхшиланди.
янв.21
Депутат оилавий врачлик пунктидаги қурилиш ишларини ўрганди.
Navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹Hamkorlik dasturi asosida ishlab chiqilgan reja-grafikka muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati  M.Mirabdullayev, tuman hokimi o‘rinbosari L. Shodiyeva hamda tuman prokuraturasi masʼul hodimlari boshchiligida aholi muammolarini manzilli o‘rganish, yechimini kutayotgan masalalarni bartaraf etish maqsadida “Doʻstik” MFY binosida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

🔹Qabul davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan murojaatlarning asosiy qismini tibbiy xizmatdan foydalanish, sog‘lig‘ini tiklashda yordam, uy-joy kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, moddiy yordam so‘rovlariga oid masalalar tashkil etdi. 

🔹Murojaatlar yuzasida ayrim masalalar joyida hal etildi. Qonun doirasida izoh va tushuntirish berilishi lozim bo‘lgan murojaatlar bo‘yicha tegishli tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, ijrosi muayyan vaqt va qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar masʼul tashkilotlarga yo‘naltirildi. 

🔹Davra suhbati yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida aholiga korrupsiyaga qarshi kurashish, toʻy-marosimlar va ma'rakalarni ixchamlashtirish, dabdabozlik va isrofgarchilikka chek qoʻyish boʻyicha targʻibot ishlari oʻtkazildi.

Slide 1 of 6