Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фуқароларнинг муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутатлар "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида кўчат экиш ишлари билан шуғулланди.
янв.21
Депутат фуқаролар муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат фуқароларга маънавият улашмоқда.
янв.21
Депутат ижтимоий соҳа объектларидаги қурилиш ишларини ўз назоратига олди.
янв.21
Депутат "маҳалла еттилиги" билан аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат бошчилигида кўчалар шағаллаштирилмоқда.
янв.21
Депутат ташаббуси билан уяли алоқа сифати яхшиланди.
янв.21
Депутат оилавий врачлик пунктидаги қурилиш ишларини ўрганди.
Chilonzor tumanida xotin-qizlar uchun “Sog‘lom ona — sog‘lom bola” shiori ostida tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

Chilonzor tumanida xotin-qizlar uchun “Sog‘lom ona — sog‘lom bola” shiori ostida tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

✍️O’z XDP Chilonzor tuman kengashi tashabbusi va xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Maxmudova Donoxon Artikovna ishtirokida tumanda joylashgan “Charx Kamolon” mahallasida aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan navbatdagi tadbir bo‘lib o‘tdi. “Sog‘lom ona — sog‘lom bola” shiori ostida tashkil etilgan mazkur tadbir doirasida mahallada istiqomat qiluvchi xotin-qizlar keng qamrovli tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

➕Ko‘rik davomida ginekolog, terapevt, endokrinolog kabi mutaxassis shifokorlar tomonidan ayollarning salomatligi har tomonlama tekshirildi. Shuningdek, qon bosimi, qand miqdori va yurak-qon tomir tizimi holati kabi ko‘rsatkichlar nazoratdan o‘tkazildi.

✅Tadbirning asosiy maqsadi xotin-qizlarning salomatligini asrab-avaylash, xastaliklarni erta bosqichda aniqlash va oldini olish, shu orqali sog‘lom oila va sog‘lom avlodni shakllantirishdan iboratdir.

⚡️Shu bilan birga, shifokorlar ishtirokchilarga sog‘lom turmush tarzi qoidalari, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va onalik madaniyatini oshirishga qaratilgan tavsiyalar ham berdilar.

✉️Ushbu tadbir mahalla aholisi tomonidan katta qiziqish va mamnuniyat bilan kutib olindi. Xotin-qizlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bepul tashkil etilgani, ularning salomatligiga bo‘lgan e’tiborni yanada oshirdi.

Slide 1 of 3