Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фуқароларнинг муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутатлар "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида кўчат экиш ишлари билан шуғулланди.
янв.21
Депутат фуқаролар муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат фуқароларга маънавият улашмоқда.
янв.21
Депутат ижтимоий соҳа объектларидаги қурилиш ишларини ўз назоратига олди.
янв.21
Депутат "маҳалла еттилиги" билан аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат бошчилигида кўчалар шағаллаштирилмоқда.
янв.21
Депутат ташаббуси билан уяли алоқа сифати яхшиланди.
янв.21
Депутат оилавий врачлик пунктидаги қурилиш ишларини ўрганди.
MUNOSABAT

 2025-yil 24-sentyabr kuni Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev to‘laqonli formatda ishtirok etdi. Ushbu sessiya jahon hamjamiyati uchun muhim strategik masalalarni muhokama qilish va global muammolarga yechim izlash imkonini berdi. Prezident Mirziyoyevning ishtirokida O‘zbekistonning xalqaro sahnadagi mavqei va nufuzi yana-da oshgani ko‘zga tashlandi.

Prezident o‘z chiqishida: Mintaqaviy hamkorlik, barqaror rivojlanish, iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat xavfsizligi, ekologik muammolar, afg‘onistondagi vaziyat masalalariga alohida eʼtibor qaratdi. Uning nutqida yaqqol namoyon bo‘lgan jihat – bu O‘zbekiston tashqi siyosatidagi ochiqlik, pragmatizm va tinchlikparvarlik yo‘nalishining davomiyligidir. Mirziyoyev global muammolarga faqat muloqot va hamjihatlik orqali yechim topish mumkinligini taʼkidladi.

Sessiyada ilgari surilgan tashabbuslar – Markaziy Osiyodagi suv resurslarini boshqarish, ekologik ofatlarning oldini olish va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari – katta qiziqish uyg‘otdi. Bu esa O‘zbekistonning xalqaro maydondagi tashabbuskor davlatga aylanayotganini yaqqol ko‘rsatdi.

Muhabbat Adilova, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati

Slide 1 of 1