Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фуқароларнинг муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутатлар "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида кўчат экиш ишлари билан шуғулланди.
янв.21
Депутат фуқаролар муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат фуқароларга маънавият улашмоқда.
янв.21
Депутат ижтимоий соҳа объектларидаги қурилиш ишларини ўз назоратига олди.
янв.21
Депутат "маҳалла еттилиги" билан аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат бошчилигида кўчалар шағаллаштирилмоқда.
янв.21
Депутат ташаббуси билан уяли алоқа сифати яхшиланди.
янв.21
Депутат оилавий врачлик пунктидаги қурилиш ишларини ўрганди.
#MUNOSABAT#

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tayotgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh
Assambleyasining 80-sessiyasi yalpi majlisidagi nutqi bizni — mamlakatimizning faol ayollarini yanada ilhomlantirdi, ishonch, kuch va g‘ayrat bag‘ishladi. 

Mazkur nutqda davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri — bu gender siyosati masalasidir. Xotin-qizlarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi, shuningdek, tadbirkorlik sohasidagi ishtirokini yanada kuchaytirish, ularning jamiyatdagi rolini mustahkamlash borasida aniq maqsadlar belgilandi. 

Prezidentimiz nutqlarida O‘zbekiston Osiyo mintaqasida Xotin-qizlar forumini doimiy platforma sifatida tashkil etish va uni muntazam o‘tkazib borish tashabbusini ilgari surganlari katta ahamiyatga ega. Bu — nafaqat yurtimizda, balki butun mintaqa bo‘ylab xotin-qizlar mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi. 

Yangi O‘zbekiston ayollari — bilimli, ma’rifatli, siyosiy jihatdan faol, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan faol shaxslar bo‘lishi kerak. Biz esa, shu ezgu maqsad yo‘lida, tadbirkorlik sohasida ayollar faolligini yanada oshirish, sohaga yanada ko‘proq xotin-qizlarni jalb etish orqali, bu boradagi harakatlarimizni izchil davom ettiramiz. 

Bizning uchun asosiy tamoyillar — adolat va taraqqiyot bo‘lib, ular mamlakatimizning kelajakdagi muvaffaqiyati kafolati sifatida qaraladi. 

Hurmat bilan, 

N.Choriyeva, 

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman kengashi deputati, 

“Obod turmush” Mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli  

Slide 1 of 1