Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq uchinchi sessiyasi bo'lib o'tdi va sessiyada quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
1. Bag‘dod tumanining 2025-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida.
2. Huquqni tasdiqlovchi hujjatlari to‘liq bo‘lmagan, hujjatdagi va amaldagi maydoni bir-biridan farq qiladigan yerlar va ushbu yerlardan foydalanish holatini o‘rganish natijalari to‘g‘risida.
3. Bag‘dod tumani 5-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar “Ayollar daftari”dan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i T.Tojiyevaning hisoboti.
4. Boshqa masalalar.
Kun tartibidagi masalalar boʼyicha deputatlar tomonidan fikr-mulohaza va takliflar bildirildi. Muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.