Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat targ'ibot ishlari olibbordi
янв.21
Saylovchilar murojaati o‘rganildi
янв.21
Deputatga ko'mak berildi
янв.21
Депутат сайловчиларнинг мурожаатини ўрганди.
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Fuqarolarning mupolaati o‘rganildi
янв.21
Депутат халқ номидан маҳалла еттилиги ходимлари хисоботини эшитди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат бошчилигида жиноят ва хуқуқбузарликларни олдини олиш мақсадида профилактика инспекторининг хисоботи эшитилди.
янв.21
Deputat saylovchilar mupojaatini o‘rgandi
Farzandlarimiz tuproqli yo‘llarda emas, ravon yo‘llarda yurishi kerak!

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari tomonidan o‘rganilgan holat yana bir bor mahalliy muammolarga befarqlik, mas'uliyatni o‘z zimmasiga olmaslik holatini ko‘rsatdi. Gap shundaki, Saroy qishlog‘idagi 180 ta xonadonning 300 ga yaqin o‘quvchisi har kuni 3 kilometr masofadagi nosoz va tamirtalab yo‘ldan Yug‘ontepa MFY hududidagi 31-maktabga qatnab o‘qishga majbur.

Ayniqsa, yomg‘irli kunlarda yo‘lning ahvoli yomonlashib, bolalar oyoq kiyimlari loy va suvga botgancha, maktabga yetib boradi. Bu ularning salomatligi va sifatli talim olishlariga bevosita salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Aholi esa bu vaziyatda o‘z kuchiga tayanishga majbur bo‘lmoqda. Mahalla ahli birlashib, o‘z hisobidan, hashar yo‘li bilan yo‘lni shag‘allashtirishga harakat qilmoqda. Ammo bu yetarlimi? Yo‘l qurilishi va ta'miri bu fuqarolarning emas, masul idoralarning zimmasidagi mas'uliyat emasmi?

Savol tug‘iladi: nega tegishli tashkilotlar bu masalaga e'tibor qaratmayapti? 300 nafar bolaning ta’lim olish yo‘lida qiynalayotgani mutasaddilarni qiziqtirmaydimi? Axir bu bolalar ertangi kunimiz, kelajagimiz emasmi?

Hurmatli mas’ullar, har bir bola maktabga xavfsiz va qulay yo‘l bilan borishga haqli! Ularning bilim olish huquqi Sizning mas'uliyatingiz ostidadir. Aholi harakat qildi, navbat Sizda!

Slide 1 of 2