Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фуқароларнинг муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутатлар "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида кўчат экиш ишлари билан шуғулланди.
янв.21
Депутат фуқаролар муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат фуқароларга маънавият улашмоқда.
янв.21
Депутат ижтимоий соҳа объектларидаги қурилиш ишларини ўз назоратига олди.
янв.21
Депутат "маҳалла еттилиги" билан аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат бошчилигида кўчалар шағаллаштирилмоқда.
янв.21
Депутат ташаббуси билан уяли алоқа сифати яхшиланди.
янв.21
Депутат оилавий врачлик пунктидаги қурилиш ишларини ўрганди.
Deputat tashabbusi bilan muammo hal qilindi

Xalq vakillari bo‘lgan deputatlar joylarda o‘zlari saylangan hudud saylovchilari bilan yuzma-yuz muloqot qilish orqali ko‘tarilgan murojaatlarni bartaraf etishda tashabbus ko‘rsatmoqda. Jumladan, Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 15-Beshkappa saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovnaga ham tumanimizning “Cho`qqayma” MFY aholisi tomonidan tuman markaziga doimiy qatnovchi avtobus qo`yilishi bo‘yicha murojaat etildi. Mazkur mahallada yashovchi aholining asosiy qismi yosh oilalar bo`lib, tuman markaziga borish ular uchun bir muncha noqulayliklar keltirib chiqarayotgandi. Ayniqsa, bolalarning maktabga qatnashida qiyinchilik tug‘dirayotgan edi. Deputat muammoni atroflicha o‘rganib chiqdi. Natijada xalq vakilining tashabbusi bilan mahalla faollari bilan birgalikda mutasaddi tashkilotga murojaat etilib aholini qiynab kelayotgan muammo xalq vakili yordamida ijobiy hal etildi. Hozirda “Cho`qqayma” MFY hududidan tuman markaziga doimiy avtobus qatnovi yo`lga qo`yildi. 

Slide 1 of 4