Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фуқароларнинг муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутатлар "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида кўчат экиш ишлари билан шуғулланди.
янв.21
Депутат фуқаролар муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат фуқароларга маънавият улашмоқда.
янв.21
Депутат ижтимоий соҳа объектларидаги қурилиш ишларини ўз назоратига олди.
янв.21
Депутат "маҳалла еттилиги" билан аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат бошчилигида кўчалар шағаллаштирилмоқда.
янв.21
Депутат ташаббуси билан уяли алоқа сифати яхшиланди.
янв.21
Депутат оилавий врачлик пунктидаги қурилиш ишларини ўрганди.
Munosabat

 MUNOSABAT 

So‘nggi
yillarda O‘zbekistonda ta’lim tizimida keng ko‘lamli islohotlar amalga
oshirilmoqda. Ayniqsa, umumiy o‘rta ta’lim tizimini zamonaviylashtirish,
o‘quvchilarning intellektual va ijtimoiy rivojlanishini ta’minlash,
o‘qituvchilarning salohiyatini oshirish borasida sezilarli yutuqlarga
erishilmoqda.
Joriy
yilning 15 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limi
tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha ustuvor
vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
  

Bu
yig‘lish ta’lim sohasi fidoylari uchun mazmunli yig‘ilish bo‘lganligini
ta’kidlash mumkin. Davlat
rahbari nutqida – Dunyoda isbot talab qilmaydigan bir haqiqat bor: har qanday
mamlakat taraqqiyoti sog‘lom va bilimli avlodga bog‘liq,– dedi Prezident
so‘zining boshida. Shu bois yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida sog‘lom,
bilimli, teran fikrli, vatanparvar yoshlarni tarbiyalash uchun barcha
sharoitlarni yaratishimiz shart va
zarur ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Bu so‘zlar zamirida bugungi davr ta’lim sohasini yangi bosqichga ko‘tarish, yoshlarni intelektual salohiyatli qilib tarbiyalash zarur ekanligi ta’kidlandi. Ayni vaqtda ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarni moddiy ma’naviy qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilmoqda. Masalan, malaka, til bilish, yangi baholash tizimi,
fan olimpiadalari kabi mezonlar asosida o‘qituvchilarga 10 dan ortiq ustama
joriy qilindi. Bundan samarali foydalangan 60 ming o‘qituvchi hozirda 8-12
million so‘m maosh olmoqda. Bugun o‘z ustida muntazam ishlagan pedagog shunga
yarasha rag‘batlantirilmoqda.
 

Yig‘ilishda sohadagi har bir yo‘nalish atroflicha
tahlil qilinib, ustuvor vazifalar belgilandi. Maktab ta’limini yangi bosqichga
ko‘taradigan tashabbuslar ilgari surildi.
Hozirgi
vaqtda pedagoglarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimiga e’tibor
qaratildi. Bu borada Abdulla Avloniy nomidagi milliy tadqiqot instituti va
uning 13 ta hududiy markazi qayta tashkil etildi. Nizomiy nomidagi oliygoh
Milliy pedagogika universitetiga aylantirilib, uning rektori bir vaqtning
o‘zida kadrlar tayyorlash bo‘yicha vazir o‘rinbosari bo‘ldi. Pedagogik mahorat
va xalqaro baholash markazi tashkil qilinganligini o‘z nutqida ta’kidlab o‘tdi.
  

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surulgan fikrlar
mamlakatimizda ta’lim sohasining rivojlanishiga qolaversa, xalqaro maydonda
nufuzimizni oshirishga qaratilganligini ko‘rishimiz mumkin. Pedagogika
oliygohlari professor o‘qituvchilarini Buyuk Britaniya, Germaniya va Singapur
kabi davlatlarga malaka oshirishga yuborishni aytib o‘tdi. Kelgusi uch yilda
barcha professor-o‘qituvchilar chet elda o‘qitiladi. “Top-100” talik
universitetlarda malaka oshirish va ta’lim xizmatlarini olish
to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida bo‘ladi.
 

Hududlardagi malaka oshirish markazlari faoliyati ham
kengaytiriladi. Ulardagi professor-o‘qituvchilar AQSH, Buyuk Britaniya,
Singapur, Germaniyaning ilg‘or dasturlari asosida qayta tayyorlanadi.
Mamlakatimizda xalqaro tajribalar asosida ta’lim tashkil qilinsa
tez o‘zgaruvchan dunyoda ta’lim mazmuni ham zamonga mos ravishda ravnaq topadi. Maktab ta’limi jamiyat taraqqiyotining
asosiy omillaridan biridir. Shu bois, ushbu sohada olib borilayotgan
islohotlarning samaradorligini oshirish uchun izchil strategiya, tizimli
yondashuv va barcha manfaatdor tomonlarning faol ishtiroki talab etiladi.
Ta’limga
sarmoya – bu kelajakka sarmoya, degan hikmat bejiz aytilmagan.