Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фуқароларнинг муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутатлар "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида кўчат экиш ишлари билан шуғулланди.
янв.21
Депутат фуқаролар муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат фуқароларга маънавият улашмоқда.
янв.21
Депутат ижтимоий соҳа объектларидаги қурилиш ишларини ўз назоратига олди.
янв.21
Депутат "маҳалла еттилиги" билан аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат бошчилигида кўчалар шағаллаштирилмоқда.
янв.21
Депутат ташаббуси билан уяли алоқа сифати яхшиланди.
янв.21
Депутат оилавий врачлик пунктидаги қурилиш ишларини ўрганди.
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq mahallalarda aholi va deputatlar uchrashuvlari o‘tkazilmoqda

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati G.Abdukarimovaning shaharning “Jo‘yjangal” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Xalq bilan muloqot hayotdagi muammolarni oydinlashtiradi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish orqali inson huquqlari va erkinliklari, uning qonuniy manfaatlarini himoya qilish muhim ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylandi.

Uchrashuv davomida Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2025-yil 15-may kunidagi “Ta’lim tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish masalalari” bo‘yicha videoselektorda, mahalliy Kengash deputatlariga bergan vazifalarni saylovchilarga yetkazdi.


Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” qo‘shma qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Yig‘ilish so‘ngida hududda mavjud muammolar, fuqarolar tomonidan berilgan takliflar yechimi yuzasidan rejalar tuzilib, fuqarolar murojaatlari tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 4