✨5 Aprel kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati E.Hamraev 2025-yil 1-choragi davomida faoliyati yuzasidan saylovchilari oldida hisobot berdi.
💸Deputat o‘z saylov okrugida olib borilgan ishlar, aholi murojaatlari yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘rovlari, ijro natijalari haqida axborot berdi. Hududiy ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning ijrosi haqida so‘z yuritdi.
✅Shuningdek, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar ichimlik suvi, yo‘l infratuzilmasi, bandlik, ijtimoiy yordam kabi mavzular ham muhokama qilinib, ular yuzasidan deputatlar o‘z fikrlari va takliflarini bildirdi.